Рак касалига даво топилди

Onkologik kasalliklar — hozirda insoniyatning yetakchi patologiyalar guruhidir. Jahon tibbiyoti amaliyotida kasallikni dastlabki bosqichlarini davolashda muvaffaqiyatga erishildi. Cheklovchi omillar — saratonning preklinik bosqichida muntazam keng ko’lamli diagnostik tekshiruvlarini tashkil etishning murakkabligi, ba’zi shakllarining patogenezi tezligining yuqori bo’lishi. Shu munosabat bilan, aholi o’rtasoda onkologik sergaklikni yaxshilash uchun ta’lim muhim ahamiyatga ega.


Saraton (rak) nima? Kasallik haqida ma’lumot

Saraton (rak) — bu tanadagi ichki to’qimalardan o’sadigan yomon sifatli o’sma (shish). Kasallikning bunday nomlanishiga sabab, 90% holatlarida bemorlarda yomn sifatli o’smalar qisqichbaqa (saraton) qisqichiga o’xshaydi (rus. рак). Rivojlangan mamlakatlarda barcha o’limlarning 15-20% saraton kasalligidan kelib chiqadi.

Saratonni davolash istiqbollari

Onkologiya — tibbiyotning yuqori texnologik bo’limidir. Tashxisdan tortib to reabilitatsiya qilishgacha bo’lgan tibbiyotni tashkillashtirish bosqichlari logistikasi qancha yuqori bo’lsa, bemorni tiklanib ketishga bo’lgan imkoniyati shunchalik yuqori bo’ladi. Saraton bilan kasallangan bemorlar uchun yuqori darajadagi tibbiy yordam ko’rsatadigan mamlakatlar ham mavjud (Germaniya, Shveytsariya, Isroil, Amerika Qo’shma Shtatlari).

So’nggi yillarda Rossiya yuqori texnologiyali markazlarni yaratib, muayyan ijobiy qadamlar qo’ydi. O’zbekistonda ham ulkan imkoniyatlar yaratildi. Hozirda rak kasalligi davosi o’rganilmoqda.

Agar erta yoki kech bosqichda tashxislanishiga keladigan bo’lsak, yuqorida aytib o’tilganlardan tashqari, dastlabki bosqichlarda tiklanish istiqbollari ancha yuqori.

Shifokorlar saraton oldi (prekantseroz) va erta bosqichlarida saratonni davolashga optimizm bilan nazar solishlari, ilm-fan yutuqlari va ularni amaliy qo’llash natijalariga asoslanadi:

  • Kundalik amaliyotga minimal invaziv diagnostika tizimlari: KT, MRT, MSKT, PET-KT kiritilishi real vaqtda shikastlangan hujayralarning yakka to’planmalarini 2D va 3D vizualizatsiya qilish (saraton oldi bosqichlari uchun) imkonini berdi;
  • Erta bosqichlarida onkojarayon patogenezi mexanizmini yaxshiroq tushunish, biokimyo, patofiziologiya, klinik tibbiyot sohasidagi kashfiyotlar davolashning yangi choralari va usullarini ochib berdi.

Yuqorida keltirilganlar faqat onkologiya boshlanayotganida samarali bo’ladi.

Tibbiy muassasalarga beparvo qilingan patologiya shakllari bilan murojaat qilgan bemorlarni samarali davolash juda qiyin.

Onkologik kasallikni kech aniqlanishi sabablari:

  • Ko’plab odamlarda onkologik kasalliklarni erta aniqlash texnologiyasi ishlab chiqilmagan, klinik belgilar bo’lmagan bemorlar o’zlarini sog’lom deb hisoblashadi;
  • Saratonning ba’zi shakllarida metastaz mavjudligi, subklinik kechimdan o’smalarning tez o’sishi bilan namoyon bo’ladigan patogenezning yuqori tezligi.

Onkologik kasalliklar epidemiologiyasi

Sog’ayib ketish ehtimolligi onkologik kasallikning birinchi (dastlabki) bosqichida tashxis qo’yilganlarda eng yuqori bo’ladi. Tashxisdan keyin besh yil davomida tirik qolish ehtimoli bu bemorlarda 95% ni tashkil qiladi.

Inson saratonining yuzdan ziyod nozologik shakllari aniqlangan. Ko’pincha a’zo va to’qimalarda yuqori tezlikli apoptoz (dasturlashtirilgan o’limi) va mos ravishda o’lgan hujayralarning o’xshash xususiyatli yangi hujayralar bilan almashadigan yomon sifatli o’smalar kuzatiladi. Jarayon qayerda rivojlanganligiga qarab, kasallik alomatlari va belgilari o’zgarib turishi mumkin.

Ko’krak qafasi sohasida birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:

  • O’pka;
  • Ko’krak bezi;
  • Qalqonsimon bez.

Qorin sohasidagi birlamchi lokalizatsiyaga ega bo’lgan onkologik kasalliklar:

  • Oshqozon;
  • Jigar;
  • Buyrak;
  • Oshqozon osti bezi.

Kichik tos a’zolari sohasidagi birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:

  • Prostata bezi;
  • Yo’g’on va to’g’ri ichak;
  • Bachadon tanasi va bo’yni;
  • Tuxumdonlar;
  • Qovuq;

Teri va shilliq pardalarida birlamchi lokalizatsiyali onkologik kasalliklar:

  • Teri va shilliq parda melanomalari.

Limfatik va gemopoetik tizimlarning onkologik kasalliklari:

Turli yosh guruhlari uchun onkologik kasalliklarning rivojlanish xavfi quyidagicha bo’ladi:

  • Gemopoez (qon hosil qilish) va limfa hosil qilish organlari — 30 yoshgacha;
  • Oshqozon, qalqonsimon bez, limfoma, leykoz (erkaklar va ayollar), bachadon bo’yni, tuxumdonlar, sut bezlari (ayollar) — 31- 40 yosh;
  • O’pka, oshqozon-ichak trakti (erkaklar, ayollar), sut bezlari, ayol jinsiy a’zolari (ayollar) — 41-50 yosh;
  • Oshqozon-ichak trakti, o’pka — 51-60 yosh;
  • O’pka, teri, oshqozon-ichak trakti, sut bezlari — 61-70 yosh;
  • Teri, o’pka, oshqozon-ichak trakti — 70 yoshdan oshganlar uchun.

Saraton sabablari

Rak kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar nima ekanligini hozirgacha hech kim aniq isbotlanmagan. Hozirda bir necha o’nlab ilmiy nuqtai nazarlar mavjud. Agar ularning barchasi bir umumiy tasvirga birlashtirilsa, yomon sifatli o’smalarning rivojlanishiga yordam beradigan uchta asosiy omil ajratiladi:

  • Fizik omillar — ular radiatsiya, ultrabinafsha nurlari;
  • Kimyoviy omillar — kantserogenlar;
  • Biologik omillar — ayrim xavfli viruslar.

Ularning barchasi dastlab DNK tuzilishi patologiyasiga olib keladi, natijada, onkogen faollashadi va hujayralar abadiy hayotga erishadi. Buning oqibatida hujayralar nobud bo’lmasdan, juda katta miqdorda ko’payishni boshlaydi va o’smani hosil qiladi.

Bu omillar saraton rivojlanishining tashqi sabablari hisoblanadi. Biroq, tashqi omillardan tashqari ichki sabablar ham mavjud — bu irsiy moyillikdir. Bu holda organzimning DNKni qayta tiklash qobiliyati yoki onkologiyaga immunitet darajasi kamaygan bo’ladi. Ko’pincha saraton kasalligining ichki va tashqi sabablari shunchalik xiraki, ularning ta’siri ustunligi haqida gapirish qiyin.

Ilmiy dunyoda saratonning mutatsion nazariyasi umumiy qabul qilingan. Ushbu nazariyaga ko’ra, saraton hujayrasi — tashqi yoki ichki omillar ta’siri ostida tananing yetilmagan hujayralarining aniq genetik nuqsonlari natijasidir. Kantserogenezning boshqa nazariyalari ham muhokama qilinadi.

Ammo, hech qay biri kasallikning mohiyatini aks ettirmaydi, chunki:

  • Saratonni davolashning zamonaviy tamoyillari — rivojlanib bo’lgan kasallikning oqibatlarini bartaraf etishga asoslangan: jarrohlik aralashuvi, kimyoterapiya va radioterapiya usullari orqali o’simta hujayralari o’sishini bostirish;
  • Hujayra mutatsiyasini boshqarish usullarini tushunish uchun hech qanday tamoyillar mavjud emas.

Kantserogenezning universal mexanizmi kashf qilinganidan so’ng, shubhasiz, kasallik ustidan o’rnatilgan haqiqiy g’alaba degan ma’noni anglatuvchi yomon sifatli shishlarning rivojlanishini istisno qilish usuli aniqlanadi.

Shuning uchun, ushbu maqolada turli nazariyalar ta’rifiga chuqur to’xtalib o’tish amaliy mazmunga ega emas. Barcha olimlar tomonidan e’tirof etilgan, shubhalanmagan, o’quvchilarga amaliy foydasi bo’lgan sodda va tushunarli lahzalariga to’xtalib o’tamiz.

Inson organizmni ko’p sonli, taxminan 10 13 –10 14 tagacha bo’lgan hujayralardan iborat bo’lib, to’rt turdagi to’qima mavjud: epiteliy, biriktiruvchi, mushak, nerv to’qimalari, ular 200 dan ortiq turdagi maxsus hujayralardan iborat. Normal organizmda barcha hujayralar bitta genetik dasturga muvofiq ishlaydi.

Hujayralarning hayot muddati dasturlashtirilgan. Har bir hujayra turi uchun shaxsiy chegara mavjud, masalan, trombotsid 4 kun, eritrosit esa 125 kun. Inson tanasi doimiy ravishda yangi hujayralar tufayli yangilanadi.

Sog’lom hujayralarining bosqichlari:

  • Organizmning o’zak hujayralarining tug’ilishi va bo’linishi.
  • Yetilish. Hujayraning morfologik va fiziologik ixtisoslashuviga bo’lgan genetik kelib chiqgan intilishi.
  • Ixtisosligi. Hujayra yetilgan morfologik, gistologik va fiziologik belgilarga ega bo’lishi, masalan, epitelial hujayradan, eritrotsitdan, limfotsitdan faqat shularga o’xshash hujayralar paydo bo’ladi.
  • Faoliyat. Hujayralarning to’liq ishlashi va makroorganizmga keng qamrovli bo’ysunishi.
  • Qarish. Fiziologik vazifalarning yo’qolishi davri, morfologik o’zgarishlar.
  • Dasturlashtirilgan o’lim (apoptoz). Patologik o’lim — nekrozdan asosiy farqi, apoptoz holatida hujayra atrofida yallig’lanishli shish yo’qligi.

Ichki va / yoki tashqi patogen omillar (genetik, fizil, kimyoviy, biologik) ta’siri ostida nazorat qilish funktsiyasi buzilsa, o’zgargan hujayralar o’lmaydi, balki o’sma joyida ko’payib boradi, biroq, endi organizmga aloqador bo’lmagan o’zlarining dasturlari bilan.

Muhim farq shundaki, mutatsiyaga uchragan hujayralar ixtisoslik va keyingi bosqichlariga yetib bormaydi, ularning dasturlashtirilgan o’limi (apoptoz) sog’lom organizmning yagona qonunlariga bo’ysunmaydi.

Organizmdagi o’smaning bosqichlari

  • Giperplaziya yoki ortiqcha yetilmagan hujayralarning shakllanishi;
  • Yaxshi sifatli shish paydo bo’lishi; Ushbu bosqich:
    • Saratonning ba’zi shakllarida bu bosqich bo’lmasligi mumkin, jarayon giperplaziyasiz birdan displaziya bosqichiga o’tishi mumkin;
    • Patogenez davom etmasligi, shu bosqich yakuniy bosqich bo’lishi mumkin.

Yaxshi o’simta asta sekin o’sadi, metastaz kuzatilmaydi, xavf faqatgina o’simta atrofdagi asab tolalari, qon tomirlarini ezib qo’yishi holatlarida paydo bo’ladi.

  • Displaziya. O’zgargan hujayralarning patologik o’sishini davom etishi va kuchayishi. Yaxshi sifatli o’smani yomon sifatli o’smaga aylanishi — bu malignizatsiya deb ataladi.
  • Saraton oldi holati — bu chegara holati bo’lib, shish rivojlanib bo’lgan, ammo regress yuz berishi mumkin. Ushbu holatdagi hujayralarning yana bir muhim xususiyati — ularning cheklangan sohada joylashganligidir.
  • Invaziv saraton. Patogenezning rivojlanishi metastaz paydo bo’lishi, shish o’sgan sohalarda yallig’lanish reaktsiyalari rivojlanishi bilan birga kechadi. Metastazlar olis a’zolarda aniqlansa, kasallikning yakuni yaxshi hisoblanmaydi.

Saraton yuzaga kelishining asosiy sababi kasallikning xususiyati — bu DNK tuzilishining shikastlanishida yotadi. Uni esa kantserogenlar shikastlaydi. Tabiiyki, insonlarda bunga qarshi mudofaa bor.

Organizm o’zi tiklanishi, kantserogenlar va hatto xatarli o’smalarni yo’q qilish qobiliyatiga ega. Ammo yosh o’tishi bilan organizmning bu vazifasi zaiflashadi. Shuning uchun saraton kasalligiga chalinish xavfi nafaqat organizmning faoliyatiga, balki tushayotgan kantserogenlar soniga ham bog’liq. Shu sababli, organimzga tushadigan kantserogenlar miqdorini kamaytirish saratonning oldini olish imkonini beradi.

Turli xil kantserogenler DNK tuzilishiga turlicha ta’sir qiladi. Masalan, fizik shikastlanish ko’p miqdorda erkin radikal hosil qiluvchi kantserogenlar tomonidan yuzaga keladi. Ularga ultrabinafsha va rentgen nurlari kiradi. Shuningdek kimyoviy ta’sir ko’rsatadigan kantserogenlar ham mavjud bo’lib, ular DNK bilan kimyoviy bog’lanishi natijasida uni zararlaydi. Biologik kantserogenlarga viruslar kiradi. Viruslar odatda DNK tarkibiga o’z DNKsini kiritadi va uni shikastlaydi.

Ammo kantserogenlarning ta’sir qilishiga tibbiyotning o’zi ham hissasini qo’shishi mumkin — masalan, ionizatsiyalovchi nurlanishlar, gormon terapiyasi va saraton terapiyasi.

Irsiyat ham saraton rivojlanishiga ta’sir qiladi. Insonda zaif immunitet bilan bog’liq onkologiyaga tug’ma moyillik yoki organizmning DNKni tiklash qobiliyati pasayishi aniqlanishi mumkin.

Tamaki chekish — bu saratonning eng yaxshi manbasi bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkita xavf omilidir: jismoniy zaharlanishdan tashqari, chekuvchi kimyoviy nurlanish ta’sirga ham duchor bo’ladi. Bir quti sigaretadan taxminan 8 mikrozivert chiqadi, bu 800 mikrorentgenga teng. Ushbu miqdordagi radiatsiyani 24 soat ichida butun boshli radiatsion fon hosil qiladi! Agar chekuvchi bir nechta quti cheksa-chi? Boshqacha qilib aytganda, faol sigareta chekuvchi shaxs katta miqdorda zaharlovchi moddalarni oladi, ulardan o’pka, oshqozon aziyat chekadi va qo’shimcha ravishda uch karrali radiatsiya dozasini oladi! Va nega bu odamlar chekishni tashlamaydilar?

Bugungi kunda o’pka saratoni bilan bog’liq barcha holatlarning 80% chekish bilan bog’liq va faqatgina 10% radon va boshqa omillar ta’sirida yuzaga keladi. Har yili saratondan 600 ming kishi vafot etadi!

95% hollarda saraton yomon atrof-muhit va hayot tarzi tufayli yuzaga keladi:

  • Tamaki chekish — 30% patologiyalar;
  • Oziq-ovqat — 35% patologiya;
  • Infektsiya — 10%;
  • Kasb bilan bog’liq kantserogenlar — 5%;
  • Ionlashtiruvchi va ultrabinafsha nurlanish — 6%;
  • Alkogolizm — 2%;
  • Ifloslangan havo — 1%;
  • Jinsiy infektsiyalar — 4%;
  • Past jismoniy faollik — 4%.

Shuni ta’kidlash kerakki, eng yuqori foiz noto’g’ri ovqatlanishga to’g’ri keladi. Buning sabablari yuqori kaloriyali parhez, semizlik, oziq-ovqat mahsulotlarida kantserogenlar mavjudligi, kletchatkaning oz miqdordaligidir. Parhezni o’zgartirish va to’g’ri ovqatlanish inson salomatligi garovidir.

Saratonni oldini olish

Saraton kasalligining oldini olish uchun tez-tez shifokor ko’rigidan o’tib turing. Kantserogenez jarayonini dastlabki bosqichlarda aniqlash imkoniyati yildan-yilga o’sib bormoqda. Saratonni boshlang’ich davrlarida yengish esa juda oson!

2000 yilda saraton kasalligiga chalinganlarning soni 10 000 000 ni tashkil etdi. Turmush sharoiti, atrof-muhit va turmush tarzi yomonlashib borayotganligi sababli, 2020 yilga kelib, olimlar bashoratiga ko’ra, saraton bilan kasallanganlar soni 16 millionga yetadi. Kasallanganlar foizini kamaytirish uchun rak kasalligini profilaktika qilish lozim.

Yevropada saraton kasalligining oldini olish choralari qo’llanilgach, kasallanishlar soni 20 foizga kamaydi. Saraton bilan kurashishdagi eng yaxshi choralar — chekish va noto’g’ri ovqatlanish bilan kurashish, ultrabinafsha nurlanishini kamaytirishdir.


Онкологик касалликлар — ҳозирда инсониятнинг йетакчи патологиялар гуруҳидир. Жаҳон тиббиёти амалиётида касалликни дастлабки босқичларини даволашда муваффақиятга еришилди. Чекловчи омиллар — саратоннинг преклиник босқичида мунтазам кенг кўламли диагностик текширувларини ташкил етишнинг мураккаблиги, баъзи шаклларининг патогенези тезлигининг юқори бўлиши. Шу муносабат билан, аҳоли ўртасода онкологик сергакликни яхшилаш учун таълим муҳим аҳамиятга ега.

Саратон (рак) нима? Касаллик ҳақида маълумот

Саратон (рак) — бу танадаги ички тўқималардан ўсадиган ёмон сифатли ўсма (шиш). Касалликнинг бундай номланишига сабаб, 90% ҳолатларида беморларда ёмн сифатли ўсмалар қисқичбақа (саратон) қисқичига ўхшайди (рус. рак). Ривожланган мамлакатларда барча ўлимларнинг 15-20% саратон касаллигидан келиб чиқади.


Саратонни даволаш истиқболлари

Онкология — тиббиётнинг юқори технологик бўлимидир. Ташхисдан тортиб то реабилитация қилишгача бўлган тиббиётни ташкиллаштириш босқичлари логистикаси қанча юқори бўлса, беморни тикланиб кетишга бўлган имконияти шунчалик юқори бўлади. Саратон билан касалланган беморлар учун юқори даражадаги тиббий ёрдам кўрсатадиган мамлакатлар ҳам мавжуд (Германия, Швейцария, Исроил, Америка Қўшма Штатлари).

Сўнгги йилларда Россия юқори технологияли марказларни яратиб, муайян ижобий қадамлар қўйди. Ўзбекистонда ҳам улкан имкониятлар яратилди. Ҳозирда рак касаллиги давоси ўрганилмоқда.

Агар ерта ёки кеч босқичда ташхисланишига келадиган бўлсак, юқорида айтиб ўтилганлардан ташқари, дастлабки босқичларда тикланиш истиқболлари анча юқори.

Шифокорлар саратон олди (преканцероз) ва ерта босқичларида саратонни даволашга оптимизм билан назар солишлари, илм-фан ютуқлари ва уларни амалий қўллаш натижаларига асосланади:

  • Кундалик амалиётга минимал инвазив диагностика тизимлари: КТ, МРТ, МСКТ, ПЕТ-КТ киритилиши реал вақтда шикастланган ҳужайраларнинг якка тўпланмаларини 2Д ва 3Д визуализация қилиш (саратон олди босқичлари учун) имконини берди;
  • Ерта босқичларида онкожараён патогенези механизмини яхшироқ тушуниш, биокимё, патофизиология, клиник тиббиёт соҳасидаги кашфиётлар даволашнинг янги чоралари ва усулларини очиб берди.

Юқорида келтирилганлар фақат онкология бошланаётганида самарали бўлади.

Тиббий муассасаларга бепарво қилинган патология шакллари билан мурожаат қилган беморларни самарали даволаш жуда қийин.

Онкологик касалликни кеч аниқланиши сабаблари:

  • Кўплаб одамларда онкологик касалликларни ерта аниқлаш технологияси ишлаб чиқилмаган, клиник белгилар бўлмаган беморлар ўзларини соғлом деб ҳисоблашади;
  • Саратоннинг баъзи шаклларида метастаз мавжудлиги, субклиник кечимдан ўсмаларнинг тез ўсиши билан намоён бўладиган патогенезнинг юқори тезлиги.

Онкологик касалликлар епидемиологияси

Соғайиб кетиш еҳтимоллиги онкологик касалликнинг биринчи (дастлабки) босқичида ташхис қўйилганларда енг юқори бўлади. Ташхисдан кейин беш йил давомида тирик қолиш еҳтимоли бу беморларда 95% ни ташкил қилади.

Инсон саратонининг юздан зиёд нозологик шакллари аниқланган. Кўпинча аъзо ва тўқималарда юқори тезликли апоптоз (дастурлаштирилган ўлими) ва мос равишда ўлган ҳужайраларнинг ўхшаш хусусиятли янги ҳужайралар билан алмашадиган ёмон сифатли ўсмалар кузатилади. Жараён қайерда ривожланганлигига қараб, касаллик аломатлари ва белгилари ўзгариб туриши мумкин.

Кўкрак қафаси соҳасида бирламчи локализацияли онкологик касалликлар:

  • Ўпка;
  • Кўкрак бези;
  • Қалқонсимон без.

Қорин соҳасидаги бирламчи локализацияга ега бўлган онкологик касалликлар:

  • Ошқозон;
  • Жигар;
  • Буйрак;
  • Ошқозон ости бези.

Кичик тос аъзолари соҳасидаги бирламчи локализацияли онкологик касалликлар:

  • Простата бези;
  • Йўғон ва тўғри ичак;
  • Бачадон танаси ва бўйни;
  • Тухумдонлар;
  • Қовуқ;

Тери ва шиллиқ пардаларида бирламчи локализацияли онкологик касалликлар:

  • Тери ва шиллиқ парда меланомалари.

Лимфатик ва гемопоетик тизимларнинг онкологик касалликлари:

Турли ёш гуруҳлари учун онкологик касалликларнинг ривожланиш хавфи қуйидагича бўлади:

  • Гемопоез (қон ҳосил қилиш) ва лимфа ҳосил қилиш органлари — 30 ёшгача;
  • Ошқозон, қалқонсимон без, лимфома, лейкоз (еркаклар ва аёллар), бачадон бўйни, тухумдонлар, сут безлари (аёллар) — 31- 40 ёш;
  • Ўпка, ошқозон-ичак тракти (еркаклар, аёллар), сут безлари, аёл жинсий аъзолари (аёллар) — 41-50 ёш;
  • Ошқозон-ичак тракти, ўпка — 51-60 ёш;
  • Ўпка, тери, ошқозон-ичак тракти, сут безлари — 61-70 ёш;
  • Тери, ўпка, ошқозон-ичак тракти — 70 ёшдан ошганлар учун.


Саратон сабаблари

Рак касаллигини келтириб чиқарувчи сабаблар нима еканлигини ҳозиргача ҳеч ким аниқ исботланмаган. Ҳозирда бир неча ўнлаб илмий нуқтаи назарлар мавжуд. Агар уларнинг барчаси бир умумий тасвирга бирлаштирилса, ёмон сифатли ўсмаларнинг ривожланишига ёрдам берадиган учта асосий омил ажратилади:

  • Физик омиллар— улар радиация, ултрабинафша нурлари;
  • Кимёвий омиллар— канцерогенлар;
  • Биологик омиллар— айрим хавфли вируслар.

Уларнинг барчаси дастлаб ДНК тузилиши патологиясига олиб келади, натижада, онкоген фаоллашади ва ҳужайралар абадий ҳаётга еришади. Бунинг оқибатида ҳужайралар нобуд бўлмасдан, жуда катта миқдорда кўпайишни бошлайди ва ўсмани ҳосил қилади.

Бу омиллар саратон ривожланишининг ташқи сабаблари ҳисобланади. Бироқ, ташқи омиллардан ташқари ички сабаблар ҳам мавжуд — бу ирсий мойилликдир. Бу ҳолда органзимнинг ДНКни қайта тиклаш қобилияти ёки онкологияга иммунитет даражаси камайган бўлади. Кўпинча саратон касаллигининг ички ва ташқи сабаблари шунчалик хираки, уларнинг таъсири устунлиги ҳақида гапириш қийин.

Илмий дунёда саратоннинг мутацион назарияси умумий қабул қилинган. Ушбу назарияга кўра, саратон ҳужайраси — ташқи ёки ички омиллар таъсири остида тананинг йетилмаган ҳужайраларининг аниқ генетик нуқсонлари натижасидир. Канцерогенезнинг бошқа назариялари ҳам муҳокама қилинади.

Аммо, ҳеч қай бири касалликнинг моҳиятини акс еттирмайди, чунки:

  • Саратонни даволашнинг замонавий тамойиллари — ривожланиб бўлган касалликнинг оқибатларини бартараф етишга асосланган: жарроҳлик аралашуви, кимётерапия ва радиотерапия усуллари орқали ўсимта ҳужайралари ўсишини бостириш;
  • Ҳужайра мутациясини бошқариш усулларини тушуниш учун ҳеч қандай тамойиллар мавжуд емас.

Канцерогенезнинг универсал механизми кашф қилинганидан сўнг, шубҳасиз, касаллик устидан ўрнатилган ҳақиқий ғалаба деган маънони англатувчи ёмон сифатли шишларнинг ривожланишини истисно қилиш усули аниқланади.

Шунинг учун, ушбу мақолада турли назариялар таърифига чуқур тўхталиб ўтиш амалий мазмунга ега емас. Барча олимлар томонидан еътироф етилган, шубҳаланмаган, ўқувчиларга амалий фойдаси бўлган содда ва тушунарли лаҳзаларига тўхталиб ўтамиз.

Инсон организмни кўп сонли, тахминан 10 13 –10 14 тагача бўлган ҳужайралардан иборат бўлиб, тўрт турдаги тўқима мавжуд: епителий, бириктирувчи, мушак, нерв тўқималари, улар 200 дан ортиқ турдаги махсус ҳужайралардан иборат. Нормал организмда барча ҳужайралар битта генетик дастурга мувофиқ ишлайди.

Ҳужайраларнинг ҳаёт муддати дастурлаштирилган. Ҳар бир ҳужайра тури учун шахсий чегара мавжуд, масалан, тромбоцид 4 кун, еритросит еса 125 кун. Инсон танаси доимий равишда янги ҳужайралар туфайли янгиланади.

Соғлом ҳужайраларининг босқичлари:

  • Организмнинг ўзак ҳужайраларининг туғилиши ва бўлиниши.
  • Йетилиш. Ҳужайранинг морфологик ва физиологик ихтисослашувига бўлган генетик келиб чиқган интилиши.
  • Ихтисослиги. Ҳужайра йетилган морфологик, гистологик ва физиологик белгиларга ега бўлиши, масалан, епителиал ҳужайрадан, еритроцитдан, лимфоцитдан фақат шуларга ўхшаш ҳужайралар пайдо бўлади.
  • Фаолият. Ҳужайраларнинг тўлиқ ишлаши ва макроорганизмга кенг қамровли бўйсуниши.
  • Қариш. Физиологик вазифаларнинг йўқолиши даври, морфологик ўзгаришлар.
  • Дастурлаштирилган ўлим (апоптоз). Патологик ўлим — некроздан асосий фарқи, апоптоз ҳолатида ҳужайра атрофида яллиғланишли шиш йўқлиги.

Ички ва / ёки ташқи патоген омиллар (генетик, физил, кимёвий, биологик) таъсири остида назорат қилиш функцияси бузилса, ўзгарган ҳужайралар ўлмайди, балки ўсма жойида кўпайиб боради, бироқ, енди организмга алоқадор бўлмаган ўзларининг дастурлари билан.

Муҳим фарқ шундаки, мутацияга учраган ҳужайралар ихтисослик ва кейинги босқичларига йетиб бормайди, уларнинг дастурлаштирилган ўлими (апоптоз) соғлом организмнинг ягона қонунларига бўйсунмайди.


Организмдаги ўсманинг босқичлари

  • Гиперплазияёки ортиқча йетилмаган ҳужайраларнинг шаклланиши;
  • Яхши сифатли шиш пайдо бўлиши; Ушбу босқич:
    • Саратоннинг баъзи шаклларида бу босқич бўлмаслиги мумкин, жараён гиперплазиясиз бирдан дисплазия босқичига ўтиши мумкин;
    • Патогенез давом етмаслиги, шу босқич якуний босқич бўлиши мумкин.

Яхши ўсимта аста секин ўсади, метастаз кузатилмайди, хавф фақатгина ўсимта атрофдаги асаб толалари, қон томирларини езиб қўйиши ҳолатларида пайдо бўлади.

  • Дисплазия. Ўзгарган ҳужайраларнинг патологик ўсишини давом етиши ва кучайиши. Яхши сифатли ўсмани ёмон сифатли ўсмага айланиши — бу малигнизация деб аталади.
  • Саратон олди ҳолати— бу чегара ҳолати бўлиб, шиш ривожланиб бўлган, аммо регресс юз бериши мумкин. Ушбу ҳолатдаги ҳужайраларнинг яна бир муҳим хусусияти — уларнинг чекланган соҳада жойлашганлигидир.
  • Инвазив саратон. Патогенезнинг ривожланиши метастаз пайдо бўлиши, шиш ўсган соҳаларда яллиғланиш реакциялари ривожланиши билан бирга кечади. Метастазлар олис аъзоларда аниқланса, касалликнинг якуни яхши ҳисобланмайди.

Саратон юзага келишининг асосий сабаби касалликнинг хусусияти — бу ДНК тузилишининг шикастланишида ётади. Уни еса канцерогенлар шикастлайди. Табиийки, инсонларда бунга қарши мудофаа бор.

Организм ўзи тикланиши, канцерогенлар ва ҳатто хатарли ўсмаларни йўқ қилиш қобилиятига ега. Аммо ёш ўтиши билан организмнинг бу вазифаси заифлашади. Шунинг учун саратон касаллигига чалиниш хавфи нафақат организмнинг фаолиятига, балки тушаётган канцерогенлар сонига ҳам боғлиқ. Шу сабабли, органимзга тушадиган канцерогенлар миқдорини камайтириш саратоннинг олдини олиш имконини беради.

Турли хил канцерогенлер ДНК тузилишига турлича таъсир қилади. Масалан, физик шикастланиш кўп миқдорда еркин радикал ҳосил қилувчи канцерогенлар томонидан юзага келади. Уларга ултрабинафша ва рентген нурлари киради. Шунингдек кимёвий таъсир кўрсатадиган канцерогенлар ҳам мавжуд бўлиб, улар ДНК билан кимёвий боғланиши натижасида уни зарарлайди. Биологик канцерогенларга вируслар киради. Вируслар одатда ДНК таркибига ўз ДНКсини киритади ва уни шикастлайди.

Аммо канцерогенларнинг таъсир қилишига тиббиётнинг ўзи ҳам ҳиссасини қўшиши мумкин — масалан, ионизацияловчи нурланишлар, гормон терапияси ва саратон терапияси.

Ирсият ҳам саратон ривожланишига таъсир қилади. Инсонда заиф иммунитет билан боғлиқ онкологияга туғма мойиллик ёки организмнинг ДНКни тиклаш қобилияти пасайиши аниқланиши мумкин.

Тамаки чекиш — бу саратоннинг енг яхши манбаси бўлиб, бир вақтнинг ўзида иккита хавф омилидир: жисмоний заҳарланишдан ташқари, чекувчи кимёвий нурланиш таъсирга ҳам дучор бўлади. Бир қути сигаретадан тахминан 8 микрозиверт чиқади, бу 800 микрорентгенга тенг. Ушбу миқдордаги радиацияни 24 соат ичида бутун бошли радиацион фон ҳосил қилади! Агар чекувчи бир нечта қути чекса-чи? Бошқача қилиб айтганда, фаол сигарета чекувчи шахс катта миқдорда заҳарловчи моддаларни олади, улардан ўпка, ошқозон азият чекади ва қўшимча равишда уч каррали радиация дозасини олади! Ва нега бу одамлар чекишни ташламайдилар?

Бугунги кунда ўпка саратони билан боғлиқ барча ҳолатларнинг 80% чекиш билан боғлиқ ва фақатгина 10% радон ва бошқа омиллар таъсирида юзага келади. Ҳар йили саратондан 600 минг киши вафот етади!

95% ҳолларда саратон ёмон атроф-муҳит ва ҳаёт тарзи туфайли юзага келади:

  • Тамаки чекиш — 30% патологиялар;
  • Озиқ-овқат — 35% патология;
  • Инфекция — 10%;
  • Касб билан боғлиқ канцерогенлар — 5%;
  • Ионлаштирувчи ва ултрабинафша нурланиш — 6%;
  • Алкоголизм— 2%;
  • Ифлосланган ҳаво — 1%;
  • Жинсий инфекциялар — 4%;
  • Паст жисмоний фаоллик — 4%.

Шуни таъкидлаш керакки, енг юқори фоиз нотўғри овқатланишга тўғри келади. Бунинг сабаблари юқори калорияли парҳез, семизлик, озиқ-овқат маҳсулотларида канцерогенлар мавжудлиги, клетчатканинг оз миқдордалигидир. Парҳезни ўзгартириш ва тўғри овқатланиш инсон саломатлиги гаровидир.

Саратонни олдини олиш

Саратон касаллигининг олдини олиш учун тез-тез шифокор кўригидан ўтиб туринг. Канцерогенез жараёнини дастлабки босқичларда аниқлаш имконияти йилдан-йилга ўсиб бормоқда. Саратонни бошланғич даврларида йенгиш еса жуда осон!

2000 йилда саратон касаллигига чалинганларнинг сони 10 000 000 ни ташкил етди. Турмуш шароити, атроф-муҳит ва турмуш тарзи ёмонлашиб бораётганлиги сабабли, 2020 йилга келиб, олимлар башоратига кўра, саратон билан касалланганлар сони 16 миллионга йетади. Касалланганлар фоизини камайтириш учун рак касаллигини профилактика қилиш лозим.

Йевропада саратон касаллигининг олдини олиш чоралари қўлланилгач, касалланишлар сони 20 фоизга камайди. Саратон билан курашишдаги енг яхши чоралар — чекиш ва нотўғри овқатланиш билан курашиш, ултрабинафша нурланишини камайтиришдир.

БЕМОРИМДАГИ ШУБХАЛИ ПРОСТАТА РАК КАСАЛЛИГИ

Rak Kasalligi Рак касаллиги

РАК САРАТОН КАСАЛЛИГИНИ ДАВОЛАШНИНГ ЭНГ ОДДИЙ ВА САМАРАЛИ ЙЎЛЛАРИ

Рак касаллиги хакида

МУҲИМ САРАТОН КАСАЛЛИГИ Рак ТИШ ИЛДИЗИ хакида RAK SARATON KASALLIGI Asosiy Sabablari

Saraton Kasalligi Va Uning O Ziga Xos Belgilari Saraton Kasalligida Ovqatlanish Tartibi Rak Kasali

RAK Ga DAVO TOPILDI Mi

Kimyoterapiya Talab Qilmaydigan Saraton Turi

Саратон Рак касаллигида охирги Имконият

Saraton Va Onkologik Kasalliklarni Davolash Лечение рака

Rak Saraton Kasaliga Davo Izlab Yangi Tadqiqotlar Cancer Blood Test

Cаратон Рак Касаллигининг Олдини Олиш Мумкин Saraton Rak Kasalligining Oldini Olish Mumkin

Рак касаллиги ва жинкашларга хитоб

Saraton Sarimsoq Piyozdan Qochmoqda Oltinga Esa Talpinmoqda

Rak Kasallik Emas Рак касаллик эмас HD

Oqqon Kasalligi Ayrim Turlariga Jarrohlik Amaliyoti Qo Llanilmoqda Oilangiz Shifokori 18 04 2018

O Zingni Angla Жигар циррози нима ва унинг давоси борми 24 11 2019

Кўкрак Қафасидаги Саратон Рак касалига Одуванчик Қоқи Ўт фойда қилди Рашид Усмонов

Корынг бу жуда кызык Рак касаллиги

Саратонга чалинган Элвира кимё терапиясидан ўтмоқда

Саратон га рак га қарши махсулотлар

O Zingni Angla Бачадон бўйни саратони қандай касаллик 12 10 2019

Саратон танада тарқалишига олиб келувчи 11ген аниқланди

SARATON KASALINI YENGAN AYOL HIKOYASI

SARATON KASALLIGINI KELTIRADIGAN KASBLAR ANIQLANDI

SARATON KASALINING DAVOSI TOPILDI YOXUD NOYOB JONIVOR HAQIDA Голый землекоп поможет раскрыть тайну

ДИҚҚАТ РАК САРАТОН КАСАЛЛИГИГА ВАКЦИНА ЯРАТИЛДИ SARATON KASALIGA VAKSINA YARATILDI

AYOLLARDA UCHRAYDIGAN ONKOLOGIK KASALLIKLAR

Ko Krak Bezi Saratonini Davolash Лечение рака молочной железы

Мирзиёев саратонга чалинган онкологияни даволамоқчи

Рак Педжета взгляд хирурга

ПРОСТАТА БЕЗИ САРАТОНИ

SARATON USTIDAN G OLIB BO LGAN JAJJI QIZALOQ

O Zingni Angla Оғиз бўшлиғи азолари саратони 01 02 2020

Ko Krak Saratonini Yenggan Ayol

Saratonni 3 Daqiqada Davolash Mumkin

TEZDA TARQATING SARATON KASALIGIGA DA VO TOPILDI SARATONGA DAVO TOPILDI SARATONNI DAVOLASH YULI

РАК КАСАЛИГА ШИФО БУЛГАН СИРЛИ МЕВА GUANABANA

Multipl Skleroz Neden Olur

Рак Касаллигидан 48 Соатда Бартраф Килувчи Чой

Alsgeymer Qanday Kasallik Hope For Alzheimers

60 сонияда Саратон хасталиги нима дегани

САРАТОННИНГ ДАВОСИ ТОПИЛДИ SARATONNING DAVOSI TOPILDI

Рак желудка факторы риска и причины рака желудка

Rak Kasalligi Haqida

Salomat Bo Ling Bosh Miya Kasalliklari 06 09 2018

Что такое лейкоз какие признаки и как самостоятельно обнаружить лейкоз крови

Кўкрак саратони аломатларини билиб олинг

Возможности эффективного лечения метастатического ER рака молочной железы

SARATON KASSALIGINI KELTIRIB CHIQARADIGAN 2 TA ASOSIY MAXSULOT ANIQLANDI

Rak Kasalligi Рак Касаллиги

Я Луна Песня Луны И Маттео

Black In The Night

Бола Оғзидаги Нохуш Хид

Айжамал Кабылова Песня Бийле Бийле

Два Негра Танцуют

The Last Waltz Feat Tony Fitzgibbon

Basin Dore Tik Tok

Latest Santhali Videos 2018 Sitak Tikin Chandu Hasur Manjhihadam Studios

Akash Sad Song 7 Wmv

Ulug Bek Baxshi Qashqadaryoda

Kurtlar Vadisi Baron Muzigi

Libertad Cadena Perpetua

Scorch Voice Lines Star Wars

How To Draw The Kissing Emoji Как Нарисовать Поцелуй Смайлик Эмоджи

Ter Abramoff Mes Gitans Мои Цыганочки Мои Смугляночки

Wild Mountain Thyme

Shahzoda Nilufar Umidaxon Birgalikda Jonli Kuylashdi

Shukurullo Isroilov Kuy Ijro Etdi

Astrocreep Кусай И Заражай Игры Для Детей

How To Create A Simple Website Contact Form Using Php

Читайте также: